Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlashda asosiy omillardan biri bo‘lgan
pedagogik taktni amalga oshirishning “maqbul qadamlar” texnologiyasi qaralgan. Bunda, pedagog
tomonidan pedagogik muammo belgilab olinishi, pedagogik jarayonda ifodalangan qiyinchiliklar
baholanishi, real pedagogik maqsadni shakllantirish, pedagogik faoliyatda shaxsiy muvaffaqiyat
mezonlarini belgilash, pedagogik axborotni jamlash va tahlil qilish, amaliy harakatlar tartibini belgilash
va takomillashtirish, akmeodarajaga chiqishni ta’minlash kabi qadamlarni yo‘lga qo‘yish shartlari va
ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar bayon etilgan.