Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda iqlim sharoitlarimizga chidamli, manzarali hamda ko‘paytirish imkoni mavjud ko‘p yillik o‘simliklarni introduksiyalash hozirgi kundagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Samarqand viloyatiga introduksiya qilingan Lilium L. turlarini laboratoriya va issiqxona sharoitlarida o‘rtacha unuvchanligi harorat va namlikning ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra urug‘ unuvchanligi bizning iqlim sharoitlarimizga moslashish imkonini beradi.