Ushbu maqolada sano turlaridan – o‘tkir bargli sano (Cassia acutifolia Del.) va tor bargli sanoning (Cassia angustifolia Vahl.) transpiratsiya jadalligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin, ya’ni, Xorazm viloyatining sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil tuproq-iqlim sharoitida o‘rganilayotgan sano turlarining ikki turida ham, ya’ni, o‘tkir bargli va tor bargli sano turlarida rivojlanish fazalarining barcha bosqichlarida transpiratsiya jadalligi kuniga ikki marta oshib kamayganligi kuzatildi.