Maqolada Xeropicta candaharica (L. Pfeiffer, 1846) ning shahar va tabiiy populyasiyalarida konxologik o‘zgaruvchanligiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Konxologik belgilarning o‘zgaruvchanligi chig‘anoq o‘lchami, rangi va undagi tasmalarda namoyon bo‘ladi. Ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan Kimyo zavodi atrofida tarqalgan populyasiyalarning konxologik o‘lchamlari boshqa populyasiyalarnikiga nisbatan kichikligi aniqlandi.