Har qanday terminologik sistemada bo‘lgani kabi o‘tovsozlikda ham affiksatsiya
usuli bilan yasalgan terminlar mavjud. Shulardan ayrimlari arxaik affiksli terminlar hisoblanadi. Bu
sohaning qadimiyligi bilan aloqadordir. Terminlarni o‘rganishda ular ham alohida ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada ana shu masalaga doir kuzatishlar bayon etilgan, mavjud materiallar manbalar
asosida tahlil qilingan.