O‘zbek adabiyotining muhim namoyandalaridan biri Alisher Navoiy ruboiy va g‘azallari bilan butun dunyo miqyosida ma‘lum va mashhurdir. Sevgi muhabbat, axloqiylik, falsafiy chuqurlik, xushmuomalalik, vatanparvarlik, til, din, adolat, tarixiy shaxslar, tabiat, oila, qarindosh-urug‘chilik kabi ko‘plab mavzularda qalam tebratgan. Ul zotning g‘azallari mazmunining boyligi va rang-barangligi bilan ahamiyatlidir. Alisher Navoiy ruboiy va g‘azallari shaydolarini butun dunyodan topish mumkinligi bizni quvontiradi. Yana bir quvonchli xabar shuki, ul zotning g‘azallarini bugun dunyo miqyosida o‘rganishmoqda. Bu tadqiqotda Alisher Navoiy g‘azallarining fransuz tiliga tarjimalari va lingvopoetik tahlili haqida so‘z yuritiladi.