Mantiqiy fikrlash tafakkurning eng oliy bosqichidir. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy, aqlli so‘zning ildizi mantiqiy tafakkurda ekan, barcha fanlarni o‘rganish ibtidosi mantiq va mantiqiy fikrlashdan boshlanishi kerakligi, umumiy ta’lim - ya’ni maktabning eng muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish ekanligini ta’kidlagani bejiz emas. Ma’lumki, takrorlash va mustahkamlash darslari o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish turli, jumladan, nutqiy, kommunikativ va lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirish, savodxonligini oshirish, mustaqil fikrlashini o‘stirishga yo‘naltiriladi. Maqolada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini o‘stirishning metodologik asoslari, takrorlash va mustahkamlash darslarida ta`lim oluvchining mantiqiy tafakkurini takomillshtiruvchi turli topshiriqlar bilan ishlashga doir metodik tavsiyalar berilgan.