Annotatsiya. Maqolada etatik tuzilmalarga ilmiy taʼrif berilib, Sharq va Gʻarb mamlakatlarida etatik tuzilmalarning koʻrinishlari sotsiologik tahlil qilingan. Shuningdek, Sharq mamlakatlarida davlat boshqaruvni amalga oshirishda etatistik tamoyillarning qoʻllanishini ijobiy taraflari va Gʻarb mamlakatlarida davlat boshqaruvni amalga oshirishda etatistik tamoyillarni qoʻllashdagi turli yondoshular ilmiy tahlil qilingan, turli taʼriflar keltirib, etatik nazariyalar sharhlangan.