Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda zamonaviy kompyuter texnologoyilardan foydalanishning hozirgi holati hamda zamonaviy o‘quv jarayonida muhandislik grafikasi fani turkumiga kiruvchi chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani bo‘yicha grafik topshiriqlar elektron platformasini joriy etilishi va uning afzalliklari haqida so‘z yuritilgan. Maqolada “Muhandislik grafikasi” fanini o‘qitishda elektron platformadan foydalanish o‘quv jarayonini osonlashtirishi va uning ijobiy natijalar berishi asoslab berilgan.