Ushbu maqolada axborot xavfsizligi kategoriyalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ifodalangan shakllarini yoritish, axborot xavfsizligi siyosatining huquqiy asoslari, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qonun va qarorlar tahlili misolida ko‘rsatib berish maqsad qilingan. Maqolada davlat axborot xavfsizligi siyosatiga oid kategoriyalarni ilmiy tahlil etish, ularni bir-birlari bilan qiyosiy o‘rganishda nazariy mushohada, matematik va statistik metodlar, grafik tasvirlash, mantiqiy va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
O‘zbekistonda AKTni rivojlanib borishi, uni davlat boshqaruvi va xizmat ko‘rsatishi sohalariga joriy etish kuchayib borishiga monand ravishda ahborot xavfsizligini ta’minlash muammolari o‘sib bordi. Kiber hujumlarni avj olishi, xakerlikning ko‘payib borishi natijasida axborot xavfsizligi huquqiy va siyosiy asoslarini takomillashtirish va zamonaviylashtirishga bo‘lgan zarurat paydo bo‘ldi.