Ma'lumot

QORATEPA SUV OMBORI ATROFIDA TARQALGAN QIRQQULOQLAR

Mo‘minov D.Y.


Ushbu maqolada Qoratepa suv ombori atrofida uchraydigan qirqquloqlar o‘rganilib, ularning taksonomiyasi tuzildi. Matematik statistik usullar orqali soy atrofidada o‘sadigan qirqquloqlarning holati baholangan. Tadqiqot natijasida Pteridophytes bo‘limiga mansub 6 ta oila Equisetaceae – qirqbo‘gimdoshlar, Pteridaceae – pteridoshlar, Aspleniaceae – toshsumbuldoshlar, Cystopteridaceae, Dryopteridaceae, Thelypteridaceae oilasiga mansub 7 ta turkum: Equisetum, Adiantum, Hemionitis, Asplenium, Cystopteris, Dryopteris, Thelypteris va 13 ta tur o‘simlik: Equisetum arvense, E. ramosissimum, Adiantum capillus-veneris, Hemionitis persica, Asplenium haussknechtii, A. fontanum subsp. pseudofontanum, A. ruta-muraria, A. trichomanes, A. trichomanes, A. ceterach (Ceterach officinarum), Cystopteris fragilis, Dryopteris filixmas, D. komarovii, Thelypteris palustris lar o‘sishi aniqlandi. Transektlardan olingan natija quyidagicha (2-jadval) bo‘lib, ularning uchrash ehtimoli yoki tarqalishi bir biridan keskin farq qildi. Jadvaldan ko‘rinib turubdiki, o‘simliklar orasida son jihatidan eng ko‘p uchraydiganlari Equisetum arvense, E. ramosissimum va Cystopteris fragilis lar bo‘lib topilgan o‘simliklarning 76% ni tashkil qiladi. Suv omborining asosiy suv zahirasi qish va bahorgi yog’ingarchilik hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishlari soyning suv hajmining keskin kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari soy mahalliy aholining asosiy suv manbai hisoblanadi. Bu ikkala faktor o‘simliklarning bioxilma xilligiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy ko‘rsatkichlardandir. Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar bioxilma-xilligiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy manba bu: inson omilidir.



None

89 Ko'rishlar | 7 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish