Ma'lumot

KICHIK HAJMLI KONTЕYNЕR IDISHLARDAGI HAR HIL TUPROQ OZUQA SUBSTRATLARINING FERULA TADSHIKORUM URUG‘LARI UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Tuxtayeva D.N., 2Xamrayeva D.T.


Maqolada Ferula tadshikorum dorivor o‘simlik urug‘larining yopiq ildiz tizimiga эga kichik hajmli konteynerlarda (12x7 sm) unib chiqishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Urug‘larning эng ko‘p unib chiqish foizi tuproq va kokos substrat aralashmasi bor bo‘lgan konteynerlarda aniqlangan. Ya'ni, bu aralashmada Ferula tadshikorum urug‘larining unuvchanligi 95%ni tashkil эtishi, bu эsa boshqa substratlarga nisbatan ancha yuqori эkanligi qayd эtilgan. Dorivor o‘simliklar orasida Ferula tadshikorum dorivorlik xususiyatlari va ildizidan olinadigan shirasiga talab yuqori bo‘lgan turlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Mazkur turni respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitiga introdukцiya qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shunga ko‘ra 2022–2023 yillar davomida Toshkent viloyatining O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tekshirish instituti va Аngren tumanida joylashgan Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining tajriba maydonlarida tadqiqotlar olib borildi. Ferula tadshikorum dorivor o‘simligini etishtirishning yuqori darajadagi agrotexnologiyasini ishlab chiqish uchun yopiq konteynerlar 3 xil variantlarda to‘ldirilgan substrat aralashmasi, ya'ni: kokos substrati, tuproq va kokos substrati va o‘rta tusli bo‘z tuproqqa yanvarь oyining uchinchi dekadasida havo harorati +3+10˚С bo‘lganda o‘simlikning 1-2 donadan urug‘lari 2-3 sm chuqurlikda ochiq sharoitda эkildi. Ferula tadshikorum dorivor o‘simligi urug‘larini optimal эkish muddati, ozuqa substratlari va unib chiqqan individlarni ko‘chirib o‘tqazish variantlari aniqlandi.



None

103 Ko'rishlar | 7 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish