Ma'lumot

OROL DЕNGIZI QURIGAN TUBI SHAROITIDA CHЕRKЕZ O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH

Bekchanov B., Nosirov E., Sindarov Sh.


Maqolada Orol dengizi qurigan tubi sharoitida cherkez o‘simligini ko‘paytirish tajribalarining birinchi yilda olingan ma’lumotlar keltirilgan. Cherkez –Salsola richteri Kar. Sho‘radoshlar oilasigi mansub, bo‘yi 1,5-2 metrgacha yetadigan buta. Sertanali; eski novdalari, po‘stlog‘i kulrang, bir yillik novdalari oqishroq; tanasi tuksiz. Barglari novdada navbatma-navbat joylashgan. Uzunligi 4-8 sm, kulrang-qizg‘ish, g‘adr-budir, ninasimon. Cherkez asosan zichlashgan qumlar, qumoqlashgan tuproqlarda tarqalgan. Ildiz tizimi tuproqning chuqur qatlami va yon tamonlariga ham kuchli (8-9 metrgacha) tarqaladi. Cherkezning bir yillik novdalari, urug‘i cho‘l xududi chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Pichan tarkibida 16,5-24,7% protein, 2,4-4,0% yog‘, 38,5-43,1% AEM, 17,8-21,0 boshlanldi, iyuniyulda gullaydi, urug‘i oktyabrda pishadi. Cherkezning K-567 namunasidan urug‘ yetishtirish uchun adir sharoitda ekilganda uchinchi yili o‘simlik bo‘yi 210 sm, pichan hosili 12,9 s/ga, urug‘i 1,0 s/ga ga teng bo‘ldi. Orol dengizi qurigan maydonlarida cho‘l chorvachiligini rivojlanitirish maqsadida cho‘l ozuqabop buta va yarim buta ‘simliklar foydalanib agrofitozenozlar barpo qilish ishlari olib borilgan. Orol dengizi qurigan tubi sharoitida cho‘l ozuaqbop o‘simlik tur va navlarini sinash xamda istiqbolli turlarini aniqlash tajribalari qilingan.



None

81 Ko'rishlar | 7 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish