Ma'lumot

FARG‘ONA VODIYSI IQLIM VA TUPROQ SHAROITIDA DORIVOR LAVANDA (LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILL.) ONTOGЕNЕZI VA UNING PARAMЕRTLARI

To‘xtayev B.Y., 2Xomidov J.J.


Maqolada dorivor lavanda ontogenezining turli bosqichlarida o‘sish va rivojlanish dinamikasini o‘rganish natijalari keltirilgan. Lavanda vegetatsiya davrining mart oyi boshidan dekabr oyining o‘rtasigacha davom etishi aniqlangan. Dorivor ingichka bargli lavanda (Lavandula angustifolia - officinalis), Lavanda (Lavandula) turkumi, Labgullilar (Lamiaceae) oilasiga mansub yarim buta. O‘simlikning vatani O‘rta Yer dengizi havzasida joylashgan Fransiya va Ispaniya qirg‘oqlari hisoblanadi. O‘simlik tabiiy holatda Yevropaning hamma joylarida, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada ekiladi. Rossiyada tabiiy holatda Qora dengiz bo‘ylarida, Kavkazda o‘sadi. Lavanda o‘simligi kserofit o‘simlikdir. O‘simlik turli tuproq sharoilariga tez moslashuvchan bo‘lib, ikki yillik lavanda o‘simligi -30° C gacha past haroratga chidamli, yosh 4-6 barg hosil qilgan nihollar -8° C gacha sovuq haroratga hamda +55° C haroratga bardosh beradi. Dorivor lavanda soya joyda yaxshi rivojlanimaydi.O‘simlik tarkibidagi efir moylari sifati va hosildorligi ortishi yorug‘lik, havo harorati va o‘simlik talabiga qarab suorishga bog‘liq. O‘simlik o‘zaro shamol va hashoratlar yordamida changlanadi. Dorivor ingichka bargli lavanda o‘simligi vegetativ va generativ usullarda ko‘paytiriladi. O‘simlikni urug‘idan ko‘paytirishda ma’lum navlarni o‘zaro changlanishi oqibatida nav hususiyatlari o‘zgarishi mumkin va urug‘ nhxollar birinchi vegetatsiya yilida generativ davrga kiradi, ammo urug‘ bermaydi. Dorivor lavanda ko‘p yillik chala buta bo‘lib, o‘simlik bo‘yi 55-85 sm gacha o‘sadi.



None

226 Ko'rishlar | 7 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish