Ma'lumot

KO‘HISTON BOTANIK-GЕOGRAFIK OKRUGI DЕNDROFLORASINING YETAKCHI ROSACEAE OILASINING TAKSONOMIK TARKIBI

Dadayeva G.S


Mazkur maqolada Ko‘histon okrugi dendroflorasining Rosaceae oilasining tur tarkibini o‘rganish natijalari keltirildi. Taksonomik tarkibning xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘histon botanik-geografik okrugida olib borilgan muallifning dala tadqiqotlari, mavjud adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar, Markaziy gerbariy (TASH) fondida saqlanayotgan gerbariy namunalarini tanqidiy tahlili natijasida dendroflorada 26 oila 46 turkumga mansub 116 tur tarqalganligi aniqlandi. Taksonomik taxlillarning markazida turlar soni bo‘yicha yetakchilik qiluvchi oilalar va turkumlarning ketma-ketligini aniqlash turadi. Odatda bu ketmaketlik 10 va undan ortiq oilalardan iborat bo‘lib, tadqiq etilayotgan floralarning geografik jihatdan joylashgan o‘rni, tabiiy-iqlim sharoitlari, o‘rganilganlik darajasi va boshqa omillardan kelib chiqqan holda turlar tarkibining asosiy qismini o‘zida birlashtiradi. O‘rta Osiyo, xususan uning tog‘li qismida bu ko‘rsatkich 6.9% dan 80% gacha tashkil etadi. Bu xolat floraning umumiy tarkibini aniqlashga qaratilgan izlanishlarda aniqlangan natijalar hisoblanadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida Ko‘histon botanik-geografik okrugi dendroflorasining Rosaceae oilasining tur tarkibi ilk bor shaklllantirildi. Olib borilgan tadqiqot tahlil natijalariga ko‘ra, Ko‘histon okrugi dendroflorasida Rosaceae oilasining 13 turkumga mansub 41 turi jamlangan bo‘lib, umumiy turlarning 35.34% ortig‘ini tashkil etdi. Ko‘xiston okrugining Rosaceae turkum turlari va ularga mansub tarixiy hamda shaxsiy gerbariy namunalari bilan solishtirganda.



None

136 Ko'rishlar | 7 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish