Maqolada agressiv invaziv turlardan biri Bidens frondosa L. – serbarg ittikanakning populyatsion xususiyatlari va reproduktiv mahsuldorligi keltirilgan. Invaziv o‘simlik Bidens frondosa mahalliy dorivor o‘simlik Bidens tripartita ga nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, uchbo‘lakli ittikanakdan barglarining shakli va urug‘ining tuzlishi bo‘yicha yaqqol farq qiladi. Bu holat ushbu invaziv turni mahalliy B. tripartita ga nisbatan ikki barobar tez tarqalishiga yordam beradi. B. frondosa ning jamoada ishtirok etish ulushi turning biomassasi bilan togri proportsional bolib, turning ulushi ortgan sari biomassasi ham ortib borishi, o‘simlikning zichligi bilan teskari proportsional bolib, zichligi ortgan sari jamoadagi ulushi kamayib borishi aniqlandi. Turning jamoada ishtirok etish ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgich Surxondaryo tsenopopulyatsiyasida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, eng past ulushi Buxoro tsenopopulyatsiyasida aniqlandi. Invaziv tur ishtirok etgan jamoadagi assekatorlarning biomassasi turning ulushiga teskari proportsinal bo‘lib, turning ulushi jamoada qancha kamayib borsa assekatorlarning ulushi shuncha ortib bordi. Bir tup o‘simlikdagi savatchalar soni turli hududlardagi jamoalarda 34-65 dona, savatchalardagi urug‘lar soni bir-biriga juda yaqin bo‘lib, 32-38 donani, bir tup o‘simlikdagi urug‘lar soni 1310-2086 donani tashkil qildi