Botanika fanining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Samarqand Davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan professor Mamatqul Ikromov hayot bo‘lganida 30 aprel kuni 100 yoshini nishonlar edi. Mamatqul Ikromov sermahsul biolog-botanik olim edi. U yarim asrdan ziyodroq Samarqand Davlat universiteti biologiya fakultetida mehnat qilib, ilm-fan rivoji va yetuk kadrlar tayyorlashdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shgan. Haqiqatan ham, olimning butun faoliyati universitet hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Bu kamtarin inson SamDUda o‘qib, halol mehnati tufayli obro‘ orttirdi. Shogirdlikdan mohir ustozlik darajasiga yetdi. Talabchan ustoz sifatida yuzlab shogirdlar tayyorladi. SamDUda yuksak hurmate’tiborga sazovor bo‘ldi.