Ma'lumot

ASOSIY EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN MARJUMAK (FAGOPYRUM ESCULENTUM) OʻSIMLIGINING FOTOSINTETIK XUSUSIYATLARI

Shopulatova D.Sh., Oʻroqov S.X.


Ushbu maqolada Samarqand viloyati sharoitida yetishtirilgan marjumakni fotosintez sof mahsuldorligining fazalar davomida oʻzgarishi hamda marjumak (Fagopyrum esculentum ) navlarining fazalar davomida barg sathi dinamikasi keltirilgan. Tadqiqotlar davomida aniqlanishicha, rivojlanish fazalari va ma’danli oʻgʻit me’yorlari ta’sirida marjumak fotosintezining sof mahsuldorligi oʻzgaradi. Marjumak rivojlanishining dastlabki fazalarida (shoxlanish va gʻunchalash) fotosintez sof mahsuldorligi yuqori boʻlib, rivojlanishning keyingi fazalarida bu koʻrsatkich kamayib boradi. Shuningdek, barg sathi dinamikasi ham rivojlanish fazalari davomida oʻzgarishi aniqlandi. Marjumak barg sathining optimal boʻlishi, uning fotosintetik faoliyatini, hosildorligini, hosil sifatini belgilovchi asosiy fiziologik koʻrsatkich hisoblanib, barg sathi donning pishish fazasida 29.7 ming m2 /ga, fotosintetik potensial 1.95 mln.m2 /ga/kunga teng boʻlishi aniqlangan. Marjumak unib chiqish, gʻunchalash fazalarida barg yuzasini shakllantiradi. Gullash fazasining boshida barg vaznining ulushi umumiy biomassaning 30-50% qismini tashkil qiladi. Meva shakllanishida barg yuzasining kattalashuvi tezlashadi, keyin bu jarayon sekinlashib boradi. Bunday qonuniyat ikki navda ham kuzatildi.



None

163 Ko'rishlar | 8 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish