Joylarni, aholi manzillarini nomlashda hududlarda muayyan andoza va qoliplarga
amal qilinishi kuzatiladi. Ana shunday qoliplar toponimik modellardir. O‘zbek tili oykonimiyasi
morfologik va yasalishi jihatidan sayqallanganligi, ma’lum me’yor hamda qoliplarga tushganligini
ko‘rsatadi.