Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning bosh maqsadi barkamol insonni tarbiyalashga qaratilganligi bilan juda qiymatlidir. Shu kungacha bu islohotlarning bosh maqsadi o‘rta ta’lim maktablarini tamomlab chiqayotgan bitiruvchilarning imkon qadar ko‘p qismini OTMlarga kirish masalasiga qaratilgan bo‘lsa, 2023-yildan boshlab OTMlarning bitiruvchilari sifatli, yutuq salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassislar bo‘lib yetishishlari masalasiga qaratilgandir. Ta’limning sifati uning asosiy komponentlari bo‘lgan besh ustunning qay tartibda o‘quvchi va talabalarning ongiga singdirilishiga ko‘pdan ko‘p bog‘liqdir. Bu komponentlardan ikkitasi, ya’ni o‘qitish metodlari va vositalari boshqa komponentlarga qaraganda ko‘proq inson omili bilan bog‘liq bo‘lib, ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining fanning nazariy qismini qanchalik ongli o‘zlashtirgani va uni tinglovchining kundalik amaliy hayotlari bilan bog‘lashlik pedagogik mahoratga bog‘liq.