Ushbu maqolada texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida texnik tizimlar va jarayonlarni o‘rganishda virtual ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari va ulardan foydalanish afzalliklari yoritilgan. Texnik tizimlarni o‘rganida virtual ta’lim vositalaridan foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri ularning haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat berishidir. Virtual ta’lim vositalaridan foydalanish murakkab texnik jarayonlarni nisbatan tez va katta harajatsiz, inson hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz sharoitda tadqiq etish va o‘rganish imkoniyatini beradi