Mazkur maqolada filologiya fakulteti qoshida tuzilgan “Shalola” ilmiy-ijodiy to‘garagi haqida ma’lumot berilgan. To‘garak tarixi, buguni, yosh qalamkashlar ijodi borasidagi obzor tadqiqotlar bilan birga ayrim iqtidorli shoir va yozuvchilarning universitet audatoriyasida shakllanganligi e’tirof etilgan. Shuningdek, to‘garak a’zolarining peshqadam vakillari ijodidan ayrim namunalar berilib, ularga adabiy-tanqidiy munosabat bildirilgan.