Ushbu maqolada turli xil suv manbalari (quduqlar, artezian qudug‘i, kanal, ko‘l, va daryo suvlari)dan olingan suvlarning radioaktivligi NaI(Tl) kristalli ssintillyatsion gammaspektrometr yordamida o‘rganildi. Suv namunalarining o‘lchangan gamma-spektrlarini tahlil qilish natijasida suvlarning radioaktivligi uran, radiy, toriy va kaliy-40 radionuklidlari bilan aniqlanishi ko‘rsatildi. Tekshirilgan suvlarda radiy-226 ning α-yemirilishidan hosil bo‘ladigan radon-222 solishtirma aktivligi aniqlandi. Radon-222 og‘ir radioaktiv gaz bo‘lib, suvlarda erigan holda mavjud bo‘ladi. Yer osti suvlarida radon-222 aktivligi tekshirilgan suvlarda deyarli bir xil bo‘lib, Yer usti suvlaridagi aktivligidan deyarli ikki marta yuqori ekanligi aniqlandi.