Ushbu maqolada muallif Navoiy hududida togʻ-kon sanoatining yillar davomida
tizimli rivojlanishini manba va adabiyotlar asosida yoritgan. Shuningdek, sanoatning bu sohasi
Navoiy kon-metallurgiya kombinati misolida davlatning iqtisodiy potensialiga qoʻshib borgan
hissasini sovet mustamlakachiligi va bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilgan.