Maqolada oʻlchamlari va tabiati turlicha boʻlgan kationlar bilan
modifikatsiyalangan gil adsorbentlarida azabenzol bugʻlari adsorbsiyasi oʻrganilgan.
Modifikatsiyalangan PGAM-1 va MAM-2 da adsorbentlari mikrogʻovaklari hajmi yuqori ekanligi
aniqlangan. Adsorbentlarning azabenzol bugʻi adsorbsiyasi natijalariga koʻra, adsorbentlarning
adsorbsiyalash qobiliyati boʻyicha quyidacha: PGAM˃TMAM ˃ EAM ˃ MAM˃ NaMn tartibda
joylashtirilgan. Adsorbentlarning adsorbsiyalash miqdoriga adsorbatning elektron tabiati va
modifikatsiyalovchi kationlar katta ta’sir koʻrsatishi muhokama qilingan.