Ish Urgut tumani turli tuproqlari namunalaridan olingan sorbentlarning fazoviy
tarkibini oʻrganishga bagʻishlangan. Sorbentlarning fazoviy tarkiblari kaolinit (Al2Si2O5(OH)4), kvars
(SiO2), korund (Al2O3) va boshqalardan iborat ekanligi koʻrsatilgan. Namunalarda yuqorida qayd etilgan
moddalarning boʻlishi ularning sorbsion qobiliyatini namoyon qilishiga guvohlik beradi.