MDU tajriba ustaxonasida ishlab chiqilgan FL-1 rusumli elektromagnit asosida
gʻovak materiallarning elektrofizik, magnitotransport va galvanomagnit xossalarini keng temperatura,
elektr va magnit maydonlari qiymatlari oraligʻida oʻlchash imkonini beruvchi tajriba qurilmasi
yaratilgan. Hosil qilingan magnit maydoni induksiyasining mumkin boʻlgan eng katta qiymatlari
gʻaltak oʻramlari orqali oqib oʻtayotgan tok kuchi, magnit qutblari orasidagi masofa va magnit
maydoni konsentratori uchi diametriga bogʻlik ravishda aniqlangan.