Innovatsion pedagogik faoliyatning muhim sharti shaxsga yo’naltirilgan ta’lim sharoitida bo’lajak o’qituvchining kasbiy faoliyat modelini ishlab chiqish hisoblanadi. Model bo’lajak o’qituvchilarning kelgusi amaliy faoliyatida mavjud bo’lgan sharoitlar bilan ifodalanadigan faoliyat analogi bo’lib, ularning kasbiy kompetentligini tashxis qilishda etalon vazifasini bajaradi. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bakalavr tayyorlash modellarining tahlili asosida bo’lajak kollej o’qituvchilarining kasbiy faoliyatini modellashtirish muammolari tadqiq etilgan.