Kreol tillari bir biridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Fransiyaga tobe orollarda yashovchi qabilalarning tili bo’lib, fransuz tili asosida yuzaga kelgan va kreol tillari deb atalgan. Bu tillar haqida o’zbek tilshunoslari to’liq ma’lumotga ega emas. Mualliflar shu tillar guruhiga kiruvchi Seyshel-kreol tilidagi matnni fransuzcha tarjimasi orqali seyshel-kreol tilining fonetikasidagi ba’zi bir tovushlarning farqini tahlil qilishga harakat qilishganlar