Maqolada adabiyotning abadiy masalalaridan bo‘lgan muhabbat mavzusi Iqbol Mirzo she’riyati misolida tahlil qilinadi. Unda shoirning muhabbat mavzusidagi she’rlari lirik qahramon kechinmalari fonida tadqiq etiladi. Shoirning mavzu talqinidagi original yondashuvi ochib beriladi.