Mazkur maqolada fransuz tadqiqotchisi Genri Mozerning Markaziy Osiyodagi sayohati tafsilotlari keng yoritilgan. Xususan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva hududlarida bo‘lgan tadqiqotchining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqidagi ma’lumotlari bayoni maqolada o‘z aksini topgan. Turkiston o‘lkasining sug‘orish tizimi masalalariga ham urg‘u berilib, sug‘orish tizimining eng qadimgi davrlaridan boshlab – XIX asr oxirlariga bo’lgan davrdagi qisqacha retrospektiv tahlili keltirilgan.