Maqola Turkiston o‘lkasida mahalliy aholi uchun turli xil jamiyatlar va muassasalar tashkil etilganligi, ularning asosiy tashabbuskorlarini mahalliy badavlat kishilar, jadid ma’rifatparvarlari va ilm ahli ziyolilari tashkil etganligi, Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan xayriya, sahovatpeshalik va homiylik jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarni tubdan isloh qilishda, mahalliy aholining ilm-fan, ta’lim sohasida yuksalishiga, Turkistonning dunyoni ko‘rish orzusiga o‘z hissasini qo‘shganligi va qadriyat sifatida shakllanganligi bayon etilgan.