Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi Samarqand viloyati tarixini yoritishda asosiy manbalardan biri hisoblangan Zarafshon okrugi boshlig‘i mahkamasi ish yuritish faoliyatiga oid ayrim hujjatlarning tavsifi berilgan. Juda katta sondagi ishlar orasidan dastlabki tahlil uchun okrugning tashkil etilishi, chegaralarining shakllanishi va boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim hujjatlar ajratib olingan.