Ilmiy maqola XIX asrning ikkinchi yarmi Samarqand tarixi manbashunosligini arxiv hujjatlar asosida ilmiy-uslubiy tahlil etishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi fondida saqlanayotgan Zarafshon okrugi tarixiga oid arxiv hujjatlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Xususan, okrug mahkamasining ayrim ish yuritish rasmiy arxiv hujjatlarini tarixiy-manbashunoslik asoslari tahlil etilgan.