Globallashtirish jarayonlarida zamonaviy bilimlarning texnologik ehtiyojlari muhandislik ta’limiga qoʻyiladigan talablarni tubdan oʻzgartirtirmoqda. Bu esa muhandisning tor doiradagi mutaxassislikka oid ilmiy-texnik va muhandislik predmetlariga nisbatan kengroq boʻlgan koʻlamdagi tayanch kompetensiyalarni egallashini talab etadi. Fundamental va amaliy bilimlar, zamonaviy texnologiyalarning kombinatsiyalari, va eng asosiysi, ulardan amaliy maqsadlarda samarali foydalanish muhandis innovatsion faoliyatining asosiy mezoniga aylanmoqda. Buning natijasi sifatida muhandislik ta’limiga yangi yondashuv shakllanmoqda, maqolada ana shular haqida fikr yuritilgan.