Ishda C1-C4 uglevodorodlarning katalitik oʻzgarishlari poʻlatdan yasalgan ichki
diametri 12 mm boʻlgan oqimli reaktorda, odatdagi atmosfera bosimida, 550-6500C oraligʻida,
reagentlar aralashmasining 175-350 ml/min hajmiy tezligida va kontakt vaqti 0,5-17,0 sek boʻlgan
sharoitda oʻrganildi. Katalizatorlarning kislotali xossalari ammiakning termogrammalashtirilgan
desorbsiyasi usulida tekshirildi. Katalizator faol markazlarining tuzilishi va holati elektron
mikroskopiya yordamida, sirt yuzasi esa BET metodi boʻyicha aniqlandi. C1-C4 uglevodorodlardan
aromatik uglevodorodlar (MoO3)x∙ R(ZnO)y∙ R(ZrO2)z∙ R(B2O3)k katalizatorida maksimal unum bilan hosil boʻladi.