Mazkur maqolada tarixchi-sharqshunos, o‘lkashunos va arxeolog
V.L.Vyatkinning Samarqand moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganish va asrashdagi roli
yoritilgan. Maqola O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan
«V.L.Vyatkinning shaxsiy fondi»ning boy ma’lumotlari hamda nashr etilgan adabiyotlarga asoslangan
holda yozilgan.