Ushbu maqolada O’zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarishda rahbar va boshqaruv kadrlarining roli, ularning siyosiy faolligini oshirishdagi obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar, omillar tahlil etilgan. Maqolada O’zbekistondagi shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari boshqaruv kadrlarining bilim va ko’nikmalarini o’zgarayotgan sharoitlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashish, rahbar va boshqaruv kadrlarining mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi, siyosiy faolligi muammosi, ular zimmasiga qo’yilayotgan talablar va uning o’ziga xos qonuniyatlarini amaliyotga joriy etish kabi masalalar yoritib berilgan.