Maqolada jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy barqarorligini ta‘minlash va ijtimoiy taraqqiyotga erishish kо‘p jihatdan soha bо‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi, kо‘nikmasi, malaka va kasbiy kompetensiyalariga bog‘liqligi kо‘rasatib о‘tilgan. Shuningdek, maqolada har bir soha rivojiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy omillar mavjudligi qayd etilib, ularning obyektiv va subyektiv xususiyatlari kо‘rsatilgan. Bunda ijtimoiy omillarni tadqiq etilib, sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatini о‘rganishning о‘ziga xosliklari bayon etilib, temir yо‘l sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarning kasbiy sifatlarini tahlil etilgan. Bunda kadrlarni о‘qitish, xodimlarning malakasini tadqiq etish, ularni yanada rivojlantirish va takomillashtirish kabi dolzarb masalalar kо‘rsatilib, kadrlarning professionallik darajasi korxona, tashkilot, muassasalar faoliyati samaradorligiga ta‘sir masalalari о‘rganilgan. Bundan tashqari temir yо‘l sohasida faoliyat olib borayotgan jamoalar faoliyatidagi о‘zaro munosabatlar, korporativ madaniyat, temir yо‘l transport tizimida kadrlarni tayyorlashning strategiyasi kabilar kо‘rsatib о‘tilgan.