Ma'lumot

Kichik shaharlar infrastrukturasida ijtimoiy siyosatni rivojlantirishning ustuvor jihatlari

Q. N. Qayumov


. Mazkur maqolada kichik shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasi muammosi, kichik shaharlar ijtimoiy infratuzilmasining boshqarish va rivojlantirish, hozirgi davrda ijtimoiy siyosatning uchta modeliga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda asosan o‘tish davrida onalik va bolalikni himoya qilish, bepul sog‘liqni saqlash, tarbiya va ta’limni rivojlantirish prinsiplari, aholining ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratish, har bir fuqaroning jamiyat oldidagi o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi asosidagina munosib hayot kechirish mumkinligini ilmiy-amaliy jihatdan asoslash orqali amalga oshirilish kabi dolzarb masalalar ekanligi tahlil qilingan. Maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik shaharlar infratuzulmasini yaxshilashda ijtimoiy siyosat tamoyillaridan samarali foydalanish, ijtimoiy siyosatni yuritishda real va potensial maqsadga muvofiqlikga erishish, ijtimoiy siyosatni rivojlantirishda ratsional faoliyat, izchillik, ijtimoiy va iqtisodiy siyosatning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, joriy va kelajakdagi maqsadlarning izchilligini ta’minlash, ijtimoiy standartlashtirish, sog‘lom raqobat, yuqori javobgarlik, tabaqalashtirilgan yondashuv, intellektual resurslar bilan muntazam ta’minlash, ijtimoiy siyosatni maqsadli, manzilli ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga yo‘naltirish, pullik va bepul ijtimoiy xizmatlar o‘rtasidagi muvozanat, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy kafolatlar, shuningdek deklarativlik tamoyilini ustuvorligini ta’minlash to‘g‘risida xulosa berilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v2.1261.1528

184 Ko'rishlar | 97 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish