Landshaft komplekslarini tadqiq etish va kartalashtirishda turli xil kartografik
metodlardan foydalaniladi. Shulardan eng asosiylari analitik va sintetik metodlardir. Landshaft
kartalashtirishda fan va texnika yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish katta
ahamiyat kasb etadi. Landshaft komplekslarini yirik masshtabli kartalashtirishda aerokosmik
fotosuratlardan foydalanish ham katta rol o‘ynaydi. Aerokosmik suratlardan foydalanish
deshifrovka qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Landshaft kartalarini tuzishda o‘xshashlik
metodidan ham foydalanish mumkin.