Ushbu maqolada turk runologiyasi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati haqida nazariy jihatdan asoslangan fikrlar ilgari surilib, run yozuvlari mohiyati ochib beriladi. Dastlab sirli yozuvlar deb eʼtirof etilgan. O‘rxun-Enisey yozma yodgorliklariga murojaat qilinib, maʼnaviy merosning ilk namunalari sifatida tadqiq etiladi. Tarix fanining tafakkur taraqqiyoti rivojini taʼminlashda turk runologiyasining mohiyati va mazmunini targ‘ib etishga eʼtibor qaratilishi lozimligi taʼkidlanadi.