Har qanday davlat, millat, xalq mavjudligining asosini til, madaniyat va urf-odatlar tashkil etadi. Ularning ifodasi til va milliy yozuv hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishimizda keltirilgan omilga to‘xtalib, Buyuk ipak yo‘lining xronologik chegarasida “Sug‘d asri” nomini qoldirgan sug‘dliklarning til va yozuv tizimining ijtimoiy-madaniy birlashtiruvchi omil sifatidagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, maqolada sug‘diy tilning xalqlarga ta’siri va sug‘dliklar madaniyatiga oid masalalar tahlil qilingan.