Maqolada sо‘nggi yillarda oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilgan keng kо‘lamli
islohotlar institutsional jihatdan tadqiq etilib, ularning ta‘lim sifatiga ta’siri kо‘rsatib о‘tilgan. Jamiyat
hayotida о‘qituvchilar maqomi va ular mehnatini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora
tadbirlar о‘rganilib, oliy ta‘lim tizimida professor-о‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini
takomillashtirishga doir dolzarb masalalar keltirilgan. Shuningdek, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish
borasida mutaxassis olim va tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan qarashlar, fikr-mulohazalar, xorijiy
tajribalar va nazariy yondashuvlar asosida bayon etilib, kasbiy kompetensiya masalasiga doir sо‘nggi
yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar misolida yoritilgan.