Ma'lumot

MAKTAB TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISH UCHUN USTOZLARGA YUKSAK HURMAT, EHTIROM KOʼRSATISH - JAMIYATIMIZDA OLIY QADRIYAT DARAJASIGA KOʼTARILISHI ZARUR

X. G. Xusamboeva


Maqolada maktab taʼlimiga alohida toʼxtalib, mamlakat ravnaqi, rivojlanishi va

kelajagi uchun taʼlim tizimining ahamiyati koʼrsatib oʼtilgan. Bunda birinchi navbatda taʼlim tizimining

asosiy ishtirokchilari boʼlgan pedagog xodimlar maqomini oshirish bosh mezon sifatida taʼriflangan.

Darhaqiqat, oʼz kasbining fidoiysi boʼlgan ilmli, bilimli, maʼrifatli muallimlar har doim ham

topilavermaydi. Bugungi kun oʼqituvchisining bilimi ertangi kunni belgilasa, uning mavqeyi jamiyatning

nufuzini belgilaydi. Shunday ekan taraqqiyot formulasini jamiyat hayotiga tatbiq etish uchun oʼqituvchilik

maqomini oliy qadriyat darajasiga koʼtarish zarur.

Respublikamizda "Pedagog xodimlarning maqomi toʼgʼrisida"gi qonun loyihasi yaratilib

jamoatchilik muhokamasiga qoʼyildi. Bu Oʼzbekiston mustaqil boʼlgan davrdagi pedagog xodimlar

mavqeyini oshirishga qaratilgan eng birinchi qonun hujjatidir. Mazkur qaror loyihasida pedagog xodim

maqomining huquqiy asoslari, pedagogik faoliyatning asosiy prinsiplari, pedagog xodim maqomi boʼyicha

davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari aniq belgilangan boʼlib, pedagog xodimlarning ijtimoiy himoyasi

ham qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Mazkur maqolada olimu ulamolarning fikrlari orqali oʼqituvchilik kasbining murakkab qirralari,

ijobiy sifatlari, pedagog boʼlish uchun qanday fazilatlarga ega boʼlish kerakligi haqidagi maʼlumotlar keng

yoritib berilgan. Maqolada pedagog xodimning maqomini oshirishga ilmiy yondashilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v2.1262.1452

183 Ko'rishlar | 104 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish