Mazkur maqolada kurashchilar musobaqaoldi va musobaqa jarayonidagi xavotir va tashvishlanish holati tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari milliy toifadagi kurashchilarning musobaqa oldi psixologik tayyorgarligini optimallashtirish, shuningdek, ayollar bilan alohida yondashuv asosida psixologik tayyorgarlik olib borish zaruratini ko‘rsatdi