Inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlarda ko‘p ma'noli so‘zlarni semantizatsiyalash bilan bog‘liq yana bir muammo – lug‘atlarda individual nutqiy ma'nolar va hosila ma'nolarning alohida ajratilishi bilan bog‘liq. Ya'ni bir-biriga juda yaqin bo‘lgan nutqiy ma'nolarning, okkozional ma'nolarning lug‘atda mustaqil hosila ma'no sifatida alohida berilishi bir ma'noni ikkinchisidan farqli tomonini ajratib bo‘lmaydigan holatga keltirib qo‘yadi. Mazkur maqolada inglizcha-o‘zbekcha ko‘p ma'noli so‘zlar o‘quv lug‘atida o‘quv-metodik qurilma va mashq-ilovani shakllantirishning lingvodidaktik asoslari yoritilgan.