Ma'lumot

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA MADANIYATLARARO XUSUSIYATLAR

I.R.Kazakov


Мaqolada qardosh tillar doirasidagi antroponim komponentli frazeologik birliklarning madaniyatlararo umumiy va xususiy jihatlari o‘rganilgan. Antroponim komponentli frazeologizmlarda har qanday millatning ramzi aks etishi aniqlangan. Bunday frazeologizmlar etimologiyasini mukammal darajada bilish muhim ahamiyat kasb etishi misollar orqali yoritilgan. O‘zbek va qoraqalpoq tillari tabiatining yashirin sirlari ular madaniyatidan guvohlik beruvchi antroponim komponentli frazeologik birliklarda jamlanganligi isbotlangan. Umuman, har qaysi tilning frazeologizmlar qatlami o‘sha millat tarixi, milliy-madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga bevosita aloqador ekanligi belgilangan. Ko‘pchilik hollarda bu kabi birliklar komponentlarining o‘xshashligi kuzatilsa, ba’zi o‘rinlarda shu xalqlarning o‘zlarigagina xos milliy-madaniy qiyofa namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v6.1362.1411

180 Ko'rishlar | 13 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish