Ma'lumot

YOSHLAR MUDOFAA ONGINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR PARADIGMALAR

F.E.Boqiyev


Maqolada yoshlar mudofaa ongini shakllantirishning nazariy va amaliy ahamiyati kо‘rsatib о‘tilgan. Bunda mudofaaviy ongning tabiatini bilish murakkab hisoblanishi, murakkablik nafaqat uning tuzilishi yoki vazifasi bilan, balki uning mavjudligi bilan ham bog‘liq bо‘lib, unda axboriy talqin etishda bir qator ilmiy ta’limotlarning vujudga kelganligi, ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida mudofaa ongining psixologik strukturasi о‘z ifodasini topgan. Shuningdek, maqolada mudofaa ongining “ijtimoiy-faoliyat bilan bog‘liq bо‘lgan paradigmasi”; “madaniy-sivilizatsion ong paradigmasi”; “individual-shaxsiy ong paradigma” kabilari keltirilgan. Bunda “Mudofaani ta’minlashga oid g‘oyalar va ta’limotlar – Harbiy xavf va tahdidlarning tasnifi – Mudofaani ta’minlashga oid yondashuvlar – Mudofaani amalga oshirishni andazasini yaratish va prognozlash – Mudofaa ongni shakllantirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish – Maqsadli harakatlar” tarzida kо‘rsatib о‘tilgan



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v6.1301.1407

240 Ko'rishlar | 152 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish