Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Аbdulla Oripov sheʼriyati xususida fikr yuritilgan bo‘lib, sheʼriyatining asosiy mazmuni va unda poetik xususiyatlar hamda novatorlik tushunchalari orqali tadqiq etilgan. Аbdulla Oripov ijodida novatorlik avvalo mazmunda o‘z ifodasini topganligi va unga novatorona yondashganligi ijodkorning eng sara sheʼrlari shu nuqtayi nazardan tahlilga tortilgan. Shoir yaratgan sheʼrlarda anʼanaviylik saqlanib qolingan holda mazmunga original yondashishi va ularni xulosa sifatida o‘quvchisiga taqdim etilishi ham inobatga olingan holda “Ulug‘bek faryodi”, “Qalam”, “Sheʼriyat” sarlavhali sheʼrlari hamda to‘rtliklari tadqiq etilgan. Аbdulla Oripov sheʼriyati mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan Muhammad Yusufning “Samarqandga borsam men agar” misrasi bilan boshlanuvchi sheʼri bilan qiyosiy tahlil etilgan. Ularda shoirlarning o‘ziga xos uslubi hamda poetik mahorati haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.